goup · versiya 1.6
goup — ingliz tili lugʻati va tarjimon
goup — ingliz tilini oʻrganayotganlar uchun bepul veb-ilova. Ichida — soʻzlik ingliz–oʻzbek lugʻat, matn va gap tarjimoni, ingliz tilidagi 16 ta zamon qoidalari hamda soʻz yodlash testlari bor. Roʻyxatdan oʻtish shart emas.
Maʼlumotlar. Dastur taraqqiyoti uchun qaysi boʻlimlar ochilgani, test natijalari va saqlangan soʻzlar yozib boriladi — ular siz kiritgan taxallus bilan birga saqlanadi. Tarjimonga yozgan matningiz va qidiruv soʻzlaringiz hech qayerga yuborilmaydi — ular faqat shu qurilmada qoladi.
Tarjimon. Ikki panelli: qaysi tomonga yozsangiz ham, matn qaysi tilda ekani oʻzi aniqlanadi va tarjimasi qarshi panelda chiqadi. Alohida soʻzlar lugʻatdan darhol topiladi, gaplar esa toʻliq tarjima qilinadi.
Testlar. Uch daraja — oson (eng koʻp ishlatiladigan soʻzlar), oʻrta va qiyin (kam uchraydigan soʻzlar). Har bir soʻz ingliz tilidagi haqiqiy uchrash chastotasi boʻyicha darajaga ajratilgan. Olti rejim bor: harf yigʻish, tez tanlash, teskari tarjima, inglizchasini yozish, eshitib topish va gap toʻldirish.
Grammatika. Ingliz tilidagi 16 ta zamon toʻliq yoritilgan: har biri uchun tasdiq, inkor va soʻroq formulasi, qachon ishlatilishi, vaqt belgilari, oʻzbekcha tarjimali misollar va koʻp yoʻl qoʻyiladigan xatolar. Chalkashtirib yuboriladigan zamonlar (masalan Present Perfect va Past Simple) alohida solishtirilgan. Bundan tashqari 100 ta notoʻgʻri feʼl V1–V2–V3 shakllari bilan berilgan.
Takrorlash jadvali. Har bir soʻz interval takrorlash usuli bilan kuzatiladi: toʻgʻri javob bersangiz keyingi takrorlash uzoqlashadi, xato qilsangiz yaqinlashadi. Bosh sahifada bugun takrorlash kerak boʻlgan soʻzlar va koʻp xato qilingan soʻzlar alohida koʻrsatiladi.
Qoʻshimcha. Oʻyinchilar reytingi, kunlik maqsad va seriya, nishonlar, yoqqan soʻzlarni saqlab qoʻyish, statistika va natijalarning zaxira nusxasi. Telefonga ilova sifatida oʻrnatilsa, lugʻat va testlar internetsiz ham ishlaydi.